Our website uses necessary cookies to enable basic functions and optional cookies to help us to enhance your user experience. Learn more about our cookie policy by clicking "Learn More".
Accept All Only Necessary Cookies
  • Jun 22, 2026
    Update date
  • Everyone
  • Android 8.0+
    Android OS

About Eko Faol Fuqaro

Yashil hayot tarzini tanlang va ekologik faol fuqaroga aylaning

"Eko faol fuqaro" – bu O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik faoliyatni rag‘batlantirishga qaratilgan raqamli platformadir. Ilova orqali har bir fuqaro o‘z ekologik odatlari va kundalik faoliyatini baholaydi hamda "eko faol fuqaro" maqomini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu maqomni olish uchun foydalanuvchi bir sutkada 10 ming yoki undan ko‘proq qadam yurishi, daraxt ekishi, uyi uchun quyosh panellarini o‘rnatishi, ortiqcha vaznini kamaytirishi, chiqindilarni to‘g‘ri ajratishi, plastik iste’molini qisqartirishi, shaxsiy avtomobilini elektromobilga almashtirishi yoki jamoat transportidan foydalanishi, energiyani tejovchi qurilmalardan foydalangan holda yashash tarzini o‘zgartirgani kabi mezonlarga javob berishi lozim. Shu bilan birga, ekologik tadbirlarda ishtirok etish, elektr, gaz va suv ta’minotini hisoblagichlar orqali nazorat qilish, uy fasadini issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplash kabi ko‘rsatkichlar ham baholash tizimida hisobga olinadi.

“Eko faol fuqaro” maqomiga ega bo‘lganlarga bir nechta imtiyozlar taqdim etiladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foizgacha chegirma qo‘llaniladi, iste’mol kreditlarida foiz stavkasi 0,3 foizgacha kamaytiriladi. Shuningdek, ekologik transport vositalari – velosiped, skuter va boshqa vositalar sovg‘a tariqasida berilishi mumkin. Oila a’zolari to‘liq yashil maqomga ega bo‘lsa, ularga “yashil oila” maqomi beriladi va har yili lotereya asosida elektromobillar sovg‘a qilinadi.

Yana bir muhim jihat – agar mahallaning 50 foizdan ortiq aholisi “eko faol oila” maqomiga ega bo‘lsa, bu mahallaga “eko faol mahalla” maqomi beriladi. Ushbu maqom orqali chiqindi yig‘ish maydonchalari qurilishi, daraxt ekish va sug‘orish, ijtimoiy obyektlarga chiqindi konteynerlari o‘rnatish ishlari uchun 500 million so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Shahar yoki qishloq darajasida 50 foizdan ko‘proq mahallalar eko faol maqomiga ega bo‘lsa, “Yashil shahar” yoki “Yashil qishloq” maqomi belgilanadi.

Ilova orqali siz “Yashil kalkulyator” yordamida o‘z harakatlaringizni baholaysiz va shunga qarab ekologik maqomni qo‘lga kiritasiz. Ushbu tizim ekologik ongni oshirish, jamiyatda mas’uliyatli yashash tarzini shakllantirish va barqaror kelajakka yo‘l ochish maqsadini ko‘zlaydi.

Show More

Additional APP Information

Latest Version

2.0.16

Uploaded by

Phyo Min Soe

Requires Android

Android 8.0+

Content Rating

Everyone

What's New in the Latest Version 2.0.16

Last updated on Jun 22, 2026

This release includes minor bug fixes and general improvements. Update to the latest version for the best experience.

Show More

Eko Faol Fuqaro Screenshots

Eko Faol Fuqaro posterEko Faol Fuqaro screenshot 1Eko Faol Fuqaro screenshot 2Eko Faol Fuqaro screenshot 3

Related Tags

Eko Faol Fuqaro Articles

Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Subscribed Successfully!
You're now subscribed to APKPure.